
Doimo Siz tomon talpinar yurak
Siz mening yaqinim, Siz sirdoshlarim.
Diydor qachon deya yuragim halak
Men Sizni sog'indim forumdoshlarim.
Uz-web.com sevimli saytimsan O'zing
Sen-la go'yo qayta tug'ilgan edim.
Entikib eslayman har bitta so'zing
Uz-web.comim Seni juda sog'indim.
She'rlaringiz o'qib kuch olar edim,
Shu kuchdan ko'pgina she'rlarni bitdim.
She'r tura tursin eng asosiysi
Saytdoshlarim Sizni juda sog'indim.
Yo'q, yo'q. bu forum oddiy forummas,
Unda bor oila, bor to'y tomosha.
Qayerda bo'lmayin unutmam aslo
Qadrdonlar sog'inaman Sizni hamisha.
Internet olamin shuncha kezdim-u,
Lek bundan qiziqroq saytni ko'rmadim.
Uz-web.comning ulkan mehrini sezib,
Saytdan ko'ngil uzib keta bilmadim.
Yoningda emasman, hech bo'lmaganda,
Tushlarimda ko'rib ovunaman men.
Saytim ayt-chi menga, bir bor bo'lsa ham
Bir borgina meni sog'indingmi Sen?
22.10.2011