
Kerakli masssaliqlar:
· 2 ta yashil olma
· 2ta nok
· 10 dona uzum
· Selderi ko'kati
· 1ta limon
· 2 choy qoshiq shaker
· 1 choy qoshiq kesilgan yong'oq
Mevalli va selderili salatni qanday tayyorlaymiz:
1. Olma, nok, selderini katta bo'lmagan bo'lakchalarga kesamiz. Uzumlarni ikkiga bo'lamiz. Hammasini limon sharbati va shaker qo'shib aralashtiramiz.
2. Dasturxonga qo'yishdan oldin yong'on bilan bezatishni unutmang.
3. Bizning mevali salatimiz tayyor.
Yoqimli ishtaha!