
Bananli pirog amerikaliklarning eng sevimli shirinligi hisoblanadi. U nafaqat oson tayyorlanishi, balki juda mazaliligi bilan ham retseptlar orasida alohida o ’rin tutadi. Quyida siz aziz bekajonlarning e`tiboringizga ushbu shirinlikning tayyorlanishini batafsil keltirib o ’tamiz.
Kerakli masalliqlar:
Xamiriga:
200 gr. yumshatilgan sariyog’;
120 gr. shakar;
Bir chimdim tuz;
1 dona tuxum sarig’i;
Un.
Barcha masalliqlar (tuxumdan tashqari) unga solinadi va qumoq xamir tayyorlanadi. Tuxum ham solinib, hamir zuvala shakliga keltiriladi va plyonkaga o ’rab, o’ttiz daqiqaga muzlatkichga qo ’yiladi. Xamirning to’rtdan bir qismi olib qo’yilib, katta qismi qolipga moslab yoyiladi va chetlari bir tekisda pichoq yordamida kesib olinadi.
Pirog nachinkasi uchun:
2 banka quyultirilgan sut;
3 dona banan.
Quyultirilgan sutni qolipga joylangan xamir yuzasiga bir tekisda surtib chiqing. So ’ng yupqa parraklarga bo’lingan bananlarni terib oling. Olib qo ’yilgan xamirga ikki osh qoshiq un qo’shib, mayda ushoqlarga ajratib oling va pirog yuzasini qoplang. 200 darajali gaz pechida 40 daqiqa davomida pishirib oling.
Dasturxonga issiqligida, bo ’laklarga bo’lib torting. Yoqimli ishtaha!
30.01.2012