Sharbati uchun:
1. 5 stakan shakar (stakan 200 gr)
2. 3.5 stakan suv
3. Yarim dona limoni suvi
Xamiri uchun:
1. 4 stakan un
2. 1 stakan iliq sut
3. 1 paket karbonat
4. 100 gr eritilgan saryog’
5. 1 dona tuxum
Xamirni orasi uchun:
250 gr maydalangan yong’oq
Bundan tashqari:
1. 3 paket bug’doy kraxmali (500gr) (xamir ochishda ishlatiladi)
2. 150 gr eritilgan qaynoq saryog’
Tayyorlanishi:
Xamir mahsulotlarini hammasini aralashtirib yumshoq xamir qoring va 15-20 daqiqaga xamirni o’rab qo’ying. Xamirni 3 qismga bo’ling. Har qismni 16-18 dona yongoq kattaligida bo’laklarga bo’ling. Bo’laklarni dumaloq shaklga keltiring. Dumaloqlangan har bir xamirni o’rtacha tarelka kattaligida yoying. Oralariga mo’l kraxmal sepib 16 yoki 18 bo’lakni ustma ust qo’ying. (eng usttagi xamirga kraxmal sepmang) Shunday qilib 3 dona 16 yoki 18 bo’lakdan iborat xamir hosil qiling.
Dumaloq bir duxovka listini yog’lang. Agar dumaloq yo’q bo’lsa to’rtburchak idishingizni ichiga dumaloq ochilgan xamirlarni solishingiz mumkin. 16 bo’lakli xamirni duxovka listi kattaligida yoying. Buni duxovka listiga solib ustiga maydalangan yong’qoni yarimini seping. İkkinchi bo’lak xamirlarni ham yoyib ustiga qo’ying. Qolgan yong’oqlarni bu bo’lakni ustiga seping. Ohirgi 16 dona xamirni ham shu shaklda yoyib qolgan xamirlarni ustiga joylashtiring.
Listdagi xamirlarni baklava tilimi shaklida kesing. Ustiga va har tarafiga tegadigan qilib saryog’ni 150 gr qaynoq saryıg’ni to’king. 200 darajada usti qizarguncha pishiring. Duxovkadan olgandan keyin baklavani sovuting. Baklava sovugandan keyin ustiga iliq sharbatni to’king. 4-5 soatdan keyin dasturxonga torting. Yoqimli ishtaha.
30.01.2012