Uzbek Kino - Media
Сегодня Понедельник | Дата: 21.05.2012 | Время: 01:07
Salom, Mehmon! Авторизуйся или зарегистрируйся
Цвет фона
 
 
 
 
GAMES NEWS

Навигация
Категории
Информация
Информация
Реклама
Реклама
Информация
Информация
Календарь
Наш опрос
PORTALIMIZ YOQDIMI?
Всего ответов: 41
Друзья сайта
 
 
 
 
Статистика
Hozirda online: 8
Mexmonlar: 8
A'zolar: 0

Abramovichning yoqimtoyi Sheva o'z formasiga qaytmoqda


Hozirda angliyalik jurnalistlar bir masalada ikkiga bo‘linishgan. Birinchi toifa Shevchenkoning kelganligi Mourinoning «halokati»ga sabab bo‘ldi, deyotgan bo‘lsa, ikkinchi tomon portugaliyalik janob hujumchining «jallodi»ga aylandi, degan fikrni ilgari surmoqda.

TO'LQIN BAKIRXO'JAYEV bu voqealar qanday boshlanganligi haqida hikoya qiladi.
Tug‘ilgan sanasi: 29 Sentyabr 1976 yil
Bo‘yi: 183 sm
Vazni: 72 kg
Oldingi jamoalari: «Dinamo» Kiev (1994 - 1999), «Milan» 1999 - 2006.
Hozirgi jamoasi: «Chelsi» (31 May 2006 yili shartnoma tuzgan)
Faoliyati:
«Dinamo» Kiev: 1994 yili klubda debyut uchrashuvini o‘tkazgan. 118 o‘yinda raqiblari darvozasini 94 bor ishg‘ol qilgan. Ukraina chempioni (1995, 1996, 1997, 1998, 1999), Ukraina kubogi sohibi (1996, 1998). Chempionlar Ligasida 90 uchrashuvda 52 gol urgan.
«Milan»: «Milan» tarixida ikkinchi to‘purar: 296 o‘yinda 173 gol. 2004 yilning Yevropaning eng zo‘r o‘yinchisi. Shu yili Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan. 2000 va 2004 yillarda «A» seriya to‘purari. Italiya kubogi sohibi (2003 yil). 2003 yil Yevropa chempionlar Ligasi va Yevropa superkubogi g‘olibi.
Ukraina terma jamoasi: 63 uchrashuvda maydonga tushib, 28 ta gol urgan.

Hammasiga «aybdor» inson - rossiyalik milliarder Roman Abramovich «Chelsi»ni sotib olganidan so‘ng klubga yangi futbolchilarni xarid qilishni boshladi. Shu qatorda u o‘zining sevimli futbolchisi bo‘lgan Shevchenkoni ham o‘z jamoasiga qo‘shib olish uchun urindi. Ammo «Milan» rahbarlari hujumchini sotmasliklarini ta'kidlab, bu takliflarga rad javobini berishdi. Hattoki rossiyalik tadbirkor 2005 yili qishda Milanga ham borib kelishga majbur bo‘ldi. Va nihoyat, Abramovich o‘zining orzusiga o‘tgan yili 31 may kuni yetishdi. Shu kuni Andrey Shevchenko «Chelsi» bilan shartnoma tuzdi!

Albatta, bundan milanlik futbol muxlislari norozi bo‘pishdi. Lekin Sheva matbuot anjumanini o‘tkazib hamma savollarga javob berdi. Andrey «Chelsi»ga pul uchun emas, o‘zining oilasi kelajagi uchun o‘tayotganligini bayon qildi.

Shu orada Germaniyada XVIII-jahon chempionatigaham start berildi. Mundialga jarohat bilan borgan Sheva o‘zini to‘laqonli namoyish eta olmagan bo‘lsa ham, terma jamoasini chorak finalgacha yetib borishiga ko‘mak berdi. Xabaringiz bor, Angliya premer-ligasi start olishidan bir hafta oldin Uelsdagi «Millenium» stadionida mamlakat superkubogi bo‘lib o‘tadi. Bu safar esa, chempion «Chelsi» o‘zini kubokda doim mag‘lubiyatga uchratib keladigan «Liverpul» bilan bahs olib bordi. Bu o‘yinda Andrey o‘zining «aristokratlar» tarki-bidagi debyut uchrashuvini o‘tkazdi. U o‘yinni ajoyib tarz-da boshladi va raqib darvozasiga gol kiritishning uddasidan chiqdi. Ammo o‘sha kecha omad «Liverpul» tomonida bo‘ldi va Rafa Benites shogirdlari 2:1 hisobida mu-vaffaqiyat qozonishdi.

Keyin esa qahramonimiz Angliya premer ligasining 2-turida «Midlsbro» darvozasiga navbatdagi golini kiritdi. Lekin qizig‘i shundaki «Chelsi» bu safar ham 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bundan so‘ng Sheva raqiblar darvozasiga to‘p kiritishni to‘xtatdi. Bu esa, albatta uning zahiradan joy egallashiga olib keldi. Yana bir gol muxlislarni oz bo‘lsa ham tinchitdi. Bu safar «Portsmut» darvozaboni Shevchenkoning zarbasidan mushkul holatga tushib qoldi.

Keyin esa, Andrey «Chelsi»dan «Milan»ga qaytadi, degan gaplar chikdi. Ammo... Bu mish-mishlarga «sitsiliyalik or-nomusli janob», ayollar bilan muomalani yuksak darajada olib borayotgan Silvio Berluskoni bu gaplarni rad qilib, Shevani uy qo‘riqlaydigan itga tenglashtirdi: «Andrey «Milan»ni ayoli Pazik tufayli tark etgandi va endi o‘sha joyda uy bekalik qilaversin!!!» Yanvar oyining o‘rtalarida esa, Angliya matbuotida Mourinoning «Chelsi»dan ketishi haqida xabarlar tarqaldi. Chunki yuqorida aytib o‘tganimizdek, Shevchenko janob Abramovichning sevimli futbolchisi sanaladi. 20 yanvar kuni «Chelsi» safarda «Liverpul» bilan bahs olib borib 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bunda Sheva zahiradan o‘yin yakunlanish arafasida maydonga tushirildi.

23 yanvar kuni esa, «Chelsi» o‘z maydonida «Uaykom»ni qabul qilib 4:0 hisobida ustun keldi. O'sha bahsda Sheva o‘zini ko‘rsatgan holda dublga erishib, o‘n uchrashuvlik golsiz seriyasiga yakun yasadi. O'yin yakunlanganidan so‘ng angliyalik jurnalistlar Andreydan tezda intervyu olishdi:

«Bugun biz uchun fantastik kecha bo‘ldi. O'zimning kiritgan gollarim bilan «Chelsi»ga mavsumda birinchi finalga chiqishga yordam berganimdan xursandman. O'ylaymanki boshimdan o‘tkazgan og‘ir kunlar endi ortda qoladi. Klubimiz muxlislarini o‘zimning chiroyli o‘yinlarim bilan mamnun qilishga harakat qilaman».

Joze Mourino esa, matbuot anjumanida qo‘yidagi gaplarni aytib o‘tdi:

«Shevchenko bugungi uchrashuvda juda yaxshi o‘yin namoyish etdi. u «Enfild»da o‘tgan markaziy uchrashuvda zahirada o‘tirib o‘ziga xulosa chiqargan ko‘rinadi. U bugungi uchrashuvda o‘zining mahoratini jamoamiz uchun bag‘ishladi. Bundan albatta boshim osmonga yetdi».

Demak, Andrey o‘zining boshidan o‘tayotgan qora kunlarni ortda qoldirishga urinmoqda. O'ylaymizki, keyingi uchrashuvlarda Sheva nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatadi va kelajakda «Chelsi»ning eng ko‘p gol urgan futbolchilari qatoridan joy egallaydi.

The player will show in this paragraph



Просмотров: 125 | Добавил: JASURBEK | Дата: 10.08.2011
Комментарии
Имя / Логин
Email
 
Всего комментариев: 0
Форма входа
Об-хаво

БЕПУЛ СМС

Информация
Реклама
Реклама
Информация
Информация
Мини-чат
Друзья сайта
Статистика
UZFUNFACTORY UZFANKLUB
Copyright © 2010 | Создать сайт бесплатно