Uzbek Kino - Media
Сегодня Понедельник | Дата: 21.05.2012 | Время: 00:47
Salom, Mehmon! Авторизуйся или зарегистрируйся
Цвет фона
 
 
 
 
GAMES NEWS

Навигация
Категории
Информация
Информация
Реклама
Реклама
Информация
Информация
Календарь
Наш опрос
Barcha shoubiznes yangiliklari portalimizda bolishini hohlarmidiz?
Всего ответов: 57
Друзья сайта
 
 
 
 
Статистика
Hozirda online: 5
Mexmonlar: 5
A'zolar: 0

18-Jahon chempionati


O‘tkazilgan joyi va vaqti: Germaniya, 2006 yil 9 iyun – 9 iyul.
Qatnashchilar soni: 32 ta (Yevropadan 14 ta, Afrikadan 5 ta, J.Amerika, Osiyo va Sh.Amerikadan 4 tadan, Okeaniyadan 1 ta).
Eng yaxshi o'yinchi: Zayniddin Zidan (Fransiya)
To'purar: Miroslav Kloze (Germaniya)

Qiziqarli faktlar va ma’lumotlar

* 18 – Jahon chempionatida 32 terma jamoaning jami 736 nafar futbolchisi ishtirok etadi. Ularning orasida eng yoshi ulug‘i Tunis terma jamoasi darvozaboni Ali Bumnijeldir. 1998, 2002 yillarda ham JChda ishtirok etgan bu futbolchining yoshi 40 dan oshgan. U 1966 yil 13 aprelda tug‘ilgan. Angliya terma jamoasi hujumchisi Teo Volkot esa eng yosh ishtirokchi futbolchidir. 1989 yil 16 martda tavallud topgan bu o‘yinchining yoshi endigina 17 dan oshgan xolos.
* 2002 yilgi JChda bo‘yi 2 metrdan oshiq birontayam futbolchi yo‘q edi. Bu gal bunday futbolchilar 4 nafarni tashkil qiladi. Ular: Nikola Jigich (Serbiya va Chernogoriya, bo‘yi —203 sm), Yan Koller (Chexiya, bo‘yi – 202 sm), Jelko Kalach (Avstraliya, bo‘yi – 202 sm), Denis Lourens (Trinidad va Tobago, bo‘yi – 201 sm)lardir.
* Mundialda ishtirok etadigan eng keksa murabbiy Togo terma jamoasi bosh murabbiyi Otto Pfisterdir. U 69 yoshda (1937 yil 24 noyabrda tug‘ilgan). Gollandiyaliklar bosh murabbiyi Marko Van Basten va Germaniya terma jamoasi ustozi Yurgen Klinsmanlar esa eng yosh murabbiylardir. Ularning ikkalasi ham 1964 yilda tug‘ilgan.
* Roberto Karlos (Braziliya terma jamoasi, «Real» Madrid klubi), Raul (Ispaniya, «Real»), Oliver Kan (Germaniya, «Bavariya»), Del Pyero (Italiya, «Yuventus»), Sami al-Jaber (Saudiya Arabistoni, «Al-Hilol»), Navof al-Tamiyot (Saudiya A., «Al-Hilol») — bu futbolchilar bu yilgi bilan qo‘shib hisoblaganda 3 ta jahon chempionatida (1998, 2002, 2006) faqat bir klub vakili sifatida qatnashgan futbolchilardir. Boshqacha aytganda, ular keyingi sakkiz yil ichida biror marta o‘z klublarini o‘zgartirishmagan.
* Germaniyaga jahon chempionatida ishtirok etish uchun o‘z futbolchilarini yuborish bo‘yicha Yevropa superklublarining ko‘rsatkichlari:
1. «Chelsi» - 15 ta
2. «Arsenal» - 12 ta
3. «Manchester Yunayted» - 12 ta
4. «Barselona» - 10 ta
5. «Milan» - 10 ta
6. «Real» - 10 ta
7. «Yuventus» - 10 ta
8. «Lion» - 9 ta
9. «Bavariya» - 9 ta
10. «Inter» - 8 ta
* Germaniya yashil maydonlarida javlon uradigan 736 nafar futbolchining 10 tasining ismi — Muhammad, 10 tasiniki — Karlos, yana o‘ntasi — David, 9 nafari — Xose, 8 tadan Luis va Kristian, 7 nafari esa — Andrey. Qizig‘i, Andreylarning barchasi Ukraina terma jamoasi a’zolaridir.

IT YILIDA ITALIYA CHEMPION

Malayziyalik munajjim to‘g‘ri topgan ekan. It yilida Italiya finalga chiqdi va chempion bo‘ldi. 1970 yili Meksikada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati finalida Braziliyaga yutqazgan, 1982 yili Ispaniyada o‘tkazilgan mundialda Germaniyani yutgan, 1994 yili AQShda yana Braziliyaga boy bergan «Skuadra adzurra» JCh —2006 finalida Frantsiyani dog‘da qoldirdi. Biz uchun ahamiyatlisi — 8 iyun kuni chiqqan gazetamizning 12-sonida Italiya chempion bo‘lishini bashorat qilgan edik!

Italiya nimaning evaziga g‘alaba qozondi?
Eng avvalo, o‘z kuchini to‘g‘ri sarflash, buning natijasida yuzaga keluvchi barqarorlik, yuksak jismoniy tayyorgarlik, tajriba, ishtiyoq va ruhiy ishonch uyg‘unlashuvi evaziga.

Misol uchun tarkiblarni solishtirsangiz, Braziliya, Angliya, Frantsiya yulduzlari ko‘pligi jihatidan Italiyani ortda qoldiradi, Germaniya, Argentina va Ispaniya esa Apennin yarim oroli vakillari bilan bir safda turadi. Ammo Braziliyaga ishtiyoq, Angliyaga jamoaviy ruh, Frantsiyaga barqarorlik, Germaniyaga tajriba, Argentinaga omad va Ispaniyaga o‘z kuchiga ishonch ruhi yetishmadi. Shu o‘rinda, 4-o‘rinni qo‘lga kiritgan Portugaliyaning shijoati tahsinga loyiq.

18-Jahon chempionatida, ko‘pchilik mutaxassislar ta’kidlaganidek, aytarli kutilmagan holatlar ro‘y bermadi. Haqiqatdan kuchli bo‘lgan jamoa g‘olib chiqdi. Romantik futbol namoyish qilgan Argentina, ilk qatnashuvdayoq kuchli sakkizlikka kirgan Ukraina, o‘z darvozasidan birontayam to‘p o‘tkazmasdan uyga qaytgan Shveytsariya, chiroyli o‘yin ko‘rsatgan Gana, ishonch bilan to‘p curgan Avstraliya va birozgina omad yetishmagan Kot-d’Ivuar terma jamoalari ko‘pchilikda yaxshi taassurot qoldirishdi.

Qit’adoshlarimiz esa... Osiyo futbolining saviyasini to‘la-to‘kis namoyish etib berishdi.
O‘zbekiston terma jamoasida esa kimlar to‘p surayotganligi yodimizdan ham chiqib ketibdi...
Xullas, navbatdagi ulkan futbol bayrami nihoyasiga yetdi. Siz ham taassurotlaringizni biz bilan o‘rtoqlashasiz degan umiddamiz.

Elmurod Nishonov

A
1. Germaniya 3 3 0 0 8-2 9
2. Ekvador 3 2 0 1 5-3 6
3. Polsha 3 1 0 2 2-4 3
4. Kosta-Rika 3 0 0 3 3-9 0

B
1. Angliya 3 2 1 0 5-2 7
2. Shvetsiya 3 1 2 0 3-2 5
3. Paragvay 3 1 0 2 2-2 3
4. Trinidad va T. 3 0 1 2 0-4 1

C
1. Argentina 3 2 1 0 8-1 7
2. Gollandiya 3 2 1 0 3-1 7
3. Kot’d Ivuar 3 1 0 2 5-6 3
4. Serbiya va Ch. 3 0 0 3 2-10 0

D
1. Portugaliya 3 3 0 0 5-1 9
2. Meksika 3 1 1 1 4-3 4
3. Angola 3 0 2 1 1-2 2
4. Eron 3 0 1 2 2-6 1

E
1. Italiya 3 2 1 0 5-1 7
2. Gana 3 2 0 1 4-3 6
3. Chexiya 3 1 0 2 3-4 3
4. AQSh 3 0 1 2 2-6 1

F
1. Braziliya 3 3 0 0 7-1 9
2. Avstraliya 3 1 1 1 5-5 4
3. Xorvatiya 3 0 2 1 2-3 2
4. Yaponiya 3 0 1 2 2-7 1

G
1. Shveytsariya 3 2 1 0 4-0 7
2. Frantsiya 3 1 2 0 3-1 5
3. J.Koreya 3 1 1 1 3-4 4
4. Togo 3 0 0 3 1-6 0

H
1. Ispaniya 3 3 0 0 8-1 9
2. Ukraina 3 2 0 1 5-4 6
3. Tunis 3 0 1 2 3-6 1
4. Saudiya Arab. 3 0 1 2 2-7 1

1/8 Final
1. Germaniya – Shvetsiya 2:0
2. Argentina – Meksika 1:1 q.v. 2:1
3. Angliya-Ekvador 1:0
4. Portugaliya – Gollandiya 1:0
5. Italiya – Avstraliya 1:0
6. Shveytsariya – Ukraina 0:0 p.0:3
7. Braziliya – Gana 3:0
8. Ispaniya – Frantsiya 1:3

1/4 Final
A. Germaniya – Argentina 1:1 p. 4:2
V. Italiya – Ukraina 3:0
S. Angliya – Portugaliya 0:0 p. 1:3
D. Braziliya – Frantsiya 0:1

1/2 Final
Germaniya – Italiya 0:0 q.v. 0:2
Portugaliya – Frantsiya 0:1

3-o‘rin
Germaniya – Portugaliya 3:1

Final
Italiya - Frantsiya 1:1 p. 5:3

Yakuniy jadval
1. Italiya 7 5 2 0 12-2 17
2. Frantsiya 7 4 3 0 9-3 15
3. Germaniya 7 5 1 1 14-6 16
4. Portugaliya 7 4 1 2 7-5 13
5. Braziliya 5 4 0 1 10-2 12
6. Argentina 5 3 2 0 11-3 11
7. Angliya 5 3 2 0 6-2 11
8. Ukraina 5 2 1 2 5-7 7
9. Ispaniya 4 3 0 1 9-4 9
10. Shveytsariya 4 2 2 0 4-0 8
11. Gollandiya 4 2 1 1 3-2 7
12. Ekvador 4 2 0 2 5-4 6
13. Gana 4 2 0 2 4-6 6
14. Shvetsiya 4 1 2 1 3-4 5
15. Meksika 4 1 1 2 5-5 4
16. Avstraliya 4 1 1 2 5-6 4
17. J.Koreya 3 1 1 1 3-4 4
18. Paragvay 3 1 0 2 2-2 3
19. Kot-d’Ivuar 3 1 0 2 5-6 3
20. Chexiya 3 1 0 2 3-4 3
21. Polsha 3 1 0 2 2-4 3
22. Xorvatiya 3 0 2 1 2-3 2
23. Angola 3 0 2 1 1-2 2
24. Tunis 3 0 1 2 3-6 1
25. Eron 3 0 1 2 2-6 1
26. AQSh 3 0 1 2 2-6 1
27. Yaponiya 3 0 1 2 2-7 1
28. Saudiya A. 3 0 1 2 2-7 1
29. Trinidad va T. 3 0 1 2 0-4 1
30. Togo 3 0 0 3 1-6 0
31. Kosta-Rika 3 0 0 3 3-9 0
32. Serbiya va Ch. 3 0 0 3 2-10 0

The player will show in this paragraph



Просмотров: 252 | Добавил: JASURBEK | Дата: 10.08.2011
Комментарии
Имя / Логин
Email
 
Всего комментариев: 0
Форма входа
Об-хаво

БЕПУЛ СМС

Информация
Реклама
Реклама
Информация
Информация
Мини-чат
Друзья сайта
Статистика
UZFUNFACTORY UZFANKLUB
Copyright © 2010 | Создать сайт бесплатно