Baxtliman.. - Forum Uzbek Kino - Media
Сегодня Понедельник | Дата: 21.05.2012 | Время: 00:43
Здравствуй, Mehmon! Авторизуйся или зарегистрируйся
Цвет фона
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Страница 1 из 11
Forum » Forum » Форумчилар » Baxtliman.. (Baxtliman..)
Baxtliman..
NIGORA Дата: Пятница, 23.09.2011, 19:30 | Сообщение # 1
Сообщений: 35
Замечания:
Уважение
[ 22 ]
Offline

Yana tonglar otdi bahtli umrimda,
Huddiki yana bir bor qayta yaraldim.
Men ko'zguda o'zimni ko'rdim, naqadar,
Omadliman, iqbolimdan nurlar taraldi.

Menda aks etadi shuncha iqtidor,
Dilda orzularim osmonday cheksiz.
Ollohim, shunchalar bahtli yaratdi meni,
Shunchalar mehribon, qalbida keksiz.

Ato etdi men uchun ikki qorako'z,
Ular mening hayotim, umrimda mazmun.
Men aslo hayotda qolmasman yolg'iz,
Dunyoga qiz bo'lib kelganim uchun.

Men seni chin qalbdan suydim Ollohim,
Sening qudrating ila olyapman nafas.
Sening sinovlaringga yetib bardoshim,
Bahtimdan darakdir qalbimdagi .....
NIGORA Дата: Суббота, 15.10.2011, 18:58 | Сообщение # 2
Сообщений: 35
Замечания:
Уважение
[ 22 ]
Offline

" Bolaligim Be Boshligim "

Assalomu Aleykum Uz-web.com portali sizlar bilan birgalikda Nigora & Jamshid. Esingizda bo´lsa sizlar yengi loyiha taqdim etgan edik " Bolaligim be boshligim " deb atalgan bugungi ilk mehmonimiz Dilnoza Kubayeva..

Nigora & Jamshid:Assalomu Aleykum Dilnoza, xush kelibsiz..
Dilnoza:Va Aleykum Assalom, xush vaqt bo´lsinla deya tabbasum ila gapniyam boshlab oldik.
Jamishid: Kayfiyatla qalay Dilnoza?
Dilnoza: A´lo darajada rahmat, o´zlarichi?
Jamshid: Siz so´ragandan beri zo´rde.
Dilnoza: Sekingina kulib qo´ydila, xonada 3 kishi o´tirimiza hamma jim bo´lib qoldiya?
Nigora: Voy ne jim bo´lib qoldila dib kulib yubordila.
Jamshid: Sani yani ( sizni ) gap boshlashizni kutib turimiza deb savolarga o´tdik
Nigora: Dilnoza o´zingiz to´grizda qisqacha ma´lumot berib o´tsangiz iltimos?
Dilnoza: Ha albatta, 1986 yilning 22 nayabr oyida tavvalud topganman.
Jamshid: Mandan ham kichkina ekansizku Dilnozaxon deya kulib yubordila.
Dilnoza: Uyalib yog´e deya javob berdila..
Jamshid: Borde... Nigola tinchlikmi?
Nigora: Voy dod, xa tinchlik
Jamshid: Yuzin qizarib ketdiku, bo´ldi kulma
Dilnoza: Nigora yuziz shoptoliga o´xshab qizarib ketdiku.
Nigora: Ha uzr kechirasila,
Jamshid: Nu da kechirdik hisob.
Dilnoza: Sila opa ukamisila?
Jamshid: Yog´e bunaqa opam bo´lmasin!!!
Dilnoza: Nimaga unaqa divos?
Jamshid: Juda uyqichide diya qutildila.
Nigora: Mayli ana kulishib oldik ham, endi savolarga qaytsak.
Dilnoza: Ha albatta.
Jamshid: Bolaligiz qanday o´tgani to´grisida gapirib o´tsangiz degandik.
Dilnoza: Kulib yubordila.
Nigora: Yani Uz-web.com Portalida yengi loyiha taqdim etgandik.
Dilnoza: Axa, nima deb nomladila?
Jamshid: " Bolaligim be boshligim"
Dilnoza: Sekingina jilmayib, axa juda ham qiziq nomlabsila.
Nigora: - Dilnoza aytingchi bolaligingiz qayerlarda o'tgan undagi qiziqarli voqealar haqida gapirib bersangiz?
Dilnoza: Bolaligim juda ham qiziqarli o'tgan. Menimcha har bir odamning bolaligi o'zi uchun qiziqarli o'tsa kerak. Esimni tanipmanki ukajonlarim, singiljonlarim san'atga bo'lgan qiziqishim juda baland edi. Mana shu kungacha ijod qilib kelyapman. Demakki qiziqishim bor ekan, izlandim tinmay bilim oldim. Mana shuni yo'lida o'rta maktabdan keyin nafis san'at litseyida o'qidim. O'zbekiston davlat san'at institutiga dramatik teatr va kino aktyori bo'limiga o'qishga kirib u yerni bitirib mana hozir teatrda ijod qilyapman kinolarda sur'atga tushyapman.
Nigora: Ha to´g´ri rahmat..
Jamshid: Oxirgi marta qanday spektaklda rol ijro etdingiz?
Dilnoza: Yaqinda Karlson degan ertakni saxnalashtirishdi. Judayam qiziqarli judayam maroqli. Karlson menimcha hammamizni bolalikdagi qahramonimiz tog'rimi? Anavu orqasida vertaloti boladiku. Ana o'sha karlson. Uni mahoratli aktyorlarimizdan Dilshodbek Kattabekov o'ynadi.
Nigora: Aytingchi bolalikda nimani umuman yoqtirmas edingiz masalan tish oldirishni yoki bog'chaga borishnimi?
Dilnoza: Juda uzoq kuldila va bo´ldi, to'ppa to'g'ri bog'chaga borishni sira yoqtirmas edim. Yoq yoqtirardim qachon bilasizmi? Bog'chada bir bog'cha opamiz bo'lar edilar, ular juda mehribon va yana biri qatiqqo'l, serjaxl, inson edilar ana o'sha bog'cha opa ishga tushganida adajonimni qo'lidan mahkam ushlab olib ketasiz deb turib olardim va yana tish do'xtirni kursidan judayam qo'rqar edim. Keyin hammamiz bilamiz maktabda boshlangichda matematika, keyin algebra, giometriya fizika, shunga o'xshash fanlarni juda ham yomon ko'rardim. Hamda qancha urinmay shu fanlarni sira o'zlashtira olmasdim. Tog'risini aytaman qo'yaman. Musiqa, ingilis tili, jismoniy tarbiya fanlariga jonimni berib kirishib, dars o'tar edim.
Jamshid: Dilnoza demak yoshligizda ham juda shox qiz bo´lgan ekansizde?
Dilnoza: Bo´lmasamchi, bollar bilan baravar gap talashardim..
Jamshid: Maktab tadbirlarida ham bayramlarda ishtirok etganmisiz?
Dilnoza: Albatta maktab tadbirlarida juda ham faol edim. Ba'zan qo'limga bir ssenariyni berishardi, boshlovchi bo'lardim. Bazan chiroyli bir taronaga raqsga tushardim albatta o'zim o'ylab topardim. Bir voqea hech esimdan chiqmaydi. Bir tadbirda men stuardesa rolini ijro etgan edim. Ana o'shanda oyim tikib bergan kiyimlar to'g'ri kelganini, yurishlarim juda to'g'ri bo'lganini pasajirga qahva to'g'ri uzatganimni ko'rib, juda maqtavlar qilib muhokama qilib ko'klarga ko'tarishgan edi.
Jamshid: Hazilashib usha qahvani manga uzatmagan ekansizde dedila
Dilnoza: O´rnilaridan turib krushkaga choyni quyib, oling marhamat deya o´ng qila bilan uzatdila.
Jamshid: Oxo, minnadorman, rahmat dedila
Dilnoza: Sekingina kulib qo´ydila.
Nigora: Dilnoza qizlar bilan hech urushganmisiz?
Dilnoza: Men yoshligimdan hech ham urishishga, janjalashishga och emasman. Hamma bilan dildan suxbatlashish bu menga yoshlikdan urf bo'lgan. Ammo meni bir jaxlim chiqsa, hech kim bosa olmaydi. Ha aytgancha maktab davrlarida qizlar guruh bo'lib olib mendan o'ch olishmoqchi bo'lishgan, ammo men odob ahloqimni bilib ko'plarning olqishiga sazovor bolaligimni bilib jim yurganman. Va vaqt o'tgach ular mendan uzr so'rashgani hech yodimdan ko'tarilmaydi.
Jamshid: Mana bu Nigora esa har doim urushadi deya Nigorani yomonlashga o´tib ketdila.
Nigora: Yuzlari qizarib ketdi va o´ziz ham qizlarni sochidan tortardiz deya gapni yankunladila.
Dilnoza: Ha endi o´gil bola bo´lgandnan keyin urushadide deya Jamshidga yon bosdila.
Jamshid: Ko´rdin Nigora`??
Nigora: Axa ko´rdim..
Nigora: Dilnoza aytingchi bolalik deganda hech ham esingizdan chiqmaydigan qiziqarli hammani hayratga soluvchi voqeani eslay olasizmi?
Dilnoza: Bolaligimda bolaligimda aaaaaaa bolaligimda mahallamizda bir Otabek degan bola bor edi. Ana shu bola bir kuni uzoqdan turib tosh otgan tosh kelib shu ko'zimning shundoqina yoniga borib tekgan. Huda asrab kozimga emas shu yoniga tekgan hozir bu kichik chandiqchani ko'rgan dugonalarim kulguch deyishadi. Ammo bilasizmi hamma chandigidan uyalsa qo'rqsa menga bu chandig'im judayam yoqadi. Hatto ba'zida shu oynaga qarab kulgichim qani deb qo'yaman.
Jamshid: Ana eng hayajonli paytlar keldi..
Nigora: Bizning Uz-web.com va sizning muhlislarizga tilaklariz?
Dilnoza: Avvalom bor Uz-web.com Portaliga omadlar yor bo´lishin tilab qolaman, muhlislarimga esa (kulib to´grisi nima diyishni ham bilmiman ) baxt va bitmas tugamas muhabbat tilab qolaman....
Jamshid: Rahmat Dilnozaxon..
Dilnoza: Sizlarga ham rahmat..
Nigora: Dilnoza samimiy tilaklariz uchun kotta kon rahmat deya suhbatni yakunladila...

Suhbatlashdi: Jamshid & Nigora..
ESTRELLA Дата: Четверг, 20.10.2011, 05:27 | Сообщение # 3
Сообщений: 14
Замечания:
Уважение
[ 6 ]
Offline
Shunday baxt topinki,
o`zga bir inson siz tufayli baxtsiz bo`lib qolmasin.
Shunday baxt topinki, orzumand ko`ngil so`ngra pushaymonga to`lib qolmasin.
Shunday baxt topinki, topgan shu baxtingiz faqat o`zingizga emas, hammaga yoqsin.
Baxtingizga baxt tilab, baxtli odamlar ortizdan havaslar bilan termulib boqsin... (= [color=red]


Сообщение изменил:ESTRELLA - Четверг, 20.10.2011, 05:33
ESTRELLA Дата: Четверг, 20.10.2011, 05:47 | Сообщение # 4
Сообщений: 14
Замечания:
Уважение
[ 6 ]
Offline
Bir kun malikaga o'xshab qolaman,
Gul qadalgan oppoq libos olaman,
Muzdek yuraklarga o'tlar solaman,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...

Bir kun ko'z o'ngimda gullaydi bahor,
Oyqizlar tegramda aytishar yor-yor,
Menga gullar tutar meni suygan yor,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...

Bir kun mahkam quchib Dadam bo'yini,
Singlimga tutqazib erka kuyimni,
Yig'lab tark etsam-da ota uyimni,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...

Bir kuni yor-yorga to'lar samolar,
Yo'limda tutashar ko'kka olovlar,
Bobom va buvimdan olib duolar,
Men baxtli bo'laman ishonavering...

Bir kuni honamga baxtlar to'ladi,
Oynadan go'zal bir kelin kuladi,
Dadam juft, ayam ham ikta bo'ladi,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...

Bir kuni yuzimga upolar surib,
Boshimga popukli ro'mollar o'rab,
Qizchalar chiqishar ro'molcha so'rab,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...


Bir kuni charog'on bo'ladi kunlar,
Guldonda ochilar oq atirgullar,
Hovli-ko'chalarga sepkanda suvlar,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...

Bir kun ULAR uchun sarpo teraman,
Ko'zlariga o'tdek yonib turaman,
Borsangiz, Sizga ham salom beraman,
Men baxtli bo'laman, ishonavering

Bir kuni fayzli bir joy tuzataman,
Dadajon, Ayajonga choy uzataman.
Begimni ko'chaga shod kuzataman,
Men baxtli bo'laman, ishonavering


Bir kun polvonimga aytsam allalar,
Uyimga to'lar so'ng beshik-yallalar,
To'ybola Ayasi bo'lgan pallalar,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...

Bir kun nigohlarim bo'lar bo'lakcha,
Orzularim sari baxtdan yo'lakcha,
Qizchamga kuydirib atlas ko'ylakcha,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...

Bir kuni boshimdan yog'ar yog'dular,
Meni tark etadi g'amlar-qayg'ular,
Farzandlarim uchun qilib orzular,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...

Bir kun termulsalar ko'zimga kulib,
Ko'zlaridan boqiy sevgisin bilib,
Begim bekligini duolar qilib,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...

Bir kuni uzilmas rishta bog'lasa,
Bir kuni ishonchlar o'zin oqlasa,
Bir kuni... Bir kuni Hudo xohlasa,Men baxtli bo'laman, ishonavering!


Сообщение изменил:ESTRELLA - Четверг, 20.10.2011, 06:05
Guli Дата: Среда, 09.11.2011, 01:01 | Сообщение # 5
Сообщений: 8
Замечания:
Уважение
[ 2 ]
Offline
Ajoyib she'r, Iloyim baxtli bo'lin Qo'shnijon! angel
Forum » Forum » Форумчилар » Baxtliman.. (Baxtliman..)
Страница 1 из 11
Поиск:

Создать сайт бесплатно